Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda IIB xodimlari sayyohlarga elektroshoker ishlatdi (video)

Samarqandda IIB xodimlari sayyohlarga elektroshoker ishlatdi (video)

20 may kuni kechqurun bir necha qozoq fuqarolari Samarqand shahrida yurgan paytda IIB xodimlari ulardan hujjat talab qilgani aks etgan video tarqalgan. Videoda IIB xodimlari ularga nisbatan qo‘pollik qilib, elektroshoker qo‘llagan.

IIV Axborot xizmati rahbari Shoxruh G‘iyosovga ko‘ra, 20 maydan 21 may kuniga o‘tar kechasi Samarqand shahrida tungi xizmatga jalb etilgan Samarqand shahar IIB Patrul-post xizmati xodimlari qo‘shni mamlakatdan mehmonga kelgan sayyohlarning shaxsini tekshirish jarayonida qo‘pol munosabatda bo‘lib, xizmat vazifasini va maxsus-texnik vositalarni qo‘llash vakolatini suiiste’mol qilganlar.

Hozirda mazkur holat yuzasidan IIV Shaxsiy xavfsizlik xizmati tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Tekshiruv yakuniga ko‘ra, qonunchilikka zid harakat qilgan barcha xodimlarning hamda faoliyatga mas’ul rahbarlarining xizmatdan bo‘shatilishi va javobgarlik masalasi ko‘rib chiqiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring