Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda sayyohlik firmasi rahbari noqonuniy faoliyat ustida qo‘lga tushdi

Samarqandda sayyohlik firmasi rahbari noqonuniy faoliyat ustida qo‘lga tushdi

Foto: DXX

Samarqand shahridagi sayyohlik firmasi rahbari uch kishini AQShga noqonuniy yuborishga uringanida qo‘lga olindi.

U Samarqand shahri va Urgut tumanida yashovchi uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, zarur hujjatlarni rasmiylashtirib, ularni Meksika orqali AQShga yuborishga va’da beradi va evaziga har biridan 32 ming AQSh dollaridan, jami 96 ming dollar talab qiladi.

DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda sayyohlik firmasi rahbari oldindan 15 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring