Samarqanddagi qurilishda ko‘tarma kran quladi
Bugun, 13 oktyabr kuni soat 14:30 larda Kattaqo‘rg‘on shahrining Ulug‘bek Barnoyev ko‘chasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni qurishda foydalanilayotgan ko‘tarma kran transporti yuk og‘irligini ko‘tara olmay qulab tushgan.
Hodisa natijasida kran haydovchisi 1991 yilda tug‘ilgan N.T. shahar tibbiyot birlashmasiga yuborilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter