Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saraton va erta o‘lim xavfini kamaytiradigan oddiy mashg‘ulot

Saraton va erta o‘lim xavfini kamaytiradigan oddiy mashg‘ulot

Tez yurgan holda yengil badantarbiya qilish saraton ehtimolini kamaytiradi. Britaniyalik olimlar shunday xulosaga kelishdi. 

Tadqiqotchilar 12 yildan ortiq vaqt davomida 400 000 ga yaqin odamning ma’lumotlarini o‘rganishdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, tez-tez tez yuradigan ayollarda saraton kasalligidan o‘lish xavfi 26 foizga, erkaklarda esa 29 foizga kam.

Bundan tashqari, tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, tez yurish demans rivojlanish xavfini 71 foizga kamaytirishi mumkin. Olimlarning ishlari Science Direct nashriyotida chop etilgan.

Shuningdek, Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti olimlari erta o‘lim xavfini kamaytirish uchun har kuni tez yurishni maslahat berishgan. Ularning fikriga ko‘ra, foydali ta’sirga erishish uchun ushbu jismoniy faoliyatga kuniga 11 daqiqadan ko‘proq vaqt sarflash kifoya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring