Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saratonga eng kam chalinadigan qon guruhi aniqlandi

Saratonga eng kam chalinadigan qon guruhi aniqlandi

Foto: Reuters

Karolina universiteti tadqiqotchilari onkologik kasalliklarga eng kam chalinadigan qon guruhini aniqlashdi. Xabar qilinishicha, ikkinchi qon guruhiga mansub insonlar saraton kasalligiga eng kam uchraydi.

Tadqiqotga ko‘ra onkologik kasalliklarga birinchi qon guruhiga mansub insonlar moyilroq bo‘ladi. Ular muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlari tavsiya qilingan.

Saraton kasalligiga sabab bo‘ladigan asosiy faktor sifatida alkogol va tamaki mahsulotlarini haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish ko‘rsatilgan. Tadqiqotchilar 25 yil davomida bir necha ming bemor ustida o‘tkazgan kuzatishlar natijasida shunday xulosaga kelgan.

Manba: lenta.ru

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring