Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardoba suv omborini tiklashda rossiyalik mutaxassislar bilan hamkorlik qilinyapti —Qurilish vazirligi

Sardoba suv omborini tiklashda rossiyalik mutaxassislar bilan hamkorlik qilinyapti —Qurilish vazirligi

Qurilish vazirligida «Sardoba suv omborini qayta tiklash rejalari va amalga oshiriladigan vazifalar» mavzusida tashkil etilgan matbuot anjumanida hozirgi kunda Sardoba suv omborini qayta tiklash bo‘yicha qilinayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qilgan. 

Suv omborida katta hajmdagi muhandislik-qidiruv ishlari amalga oshirilayotgani, xususan, laboratoriya tahlillari olinib, ilmiy-texnik asoslash maqsadida izlanishlar davom etayotgani ta’kidlandi.

Sirdaryo viloyatida yirik suv ombori qurilishidan maqsad Toktagul suv omboridan tashlanayotgan suvlarni yig‘ib borish hamda Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi sug‘oriladigan yerlarni suv bilan ta’minlashdir. Aytilishicha, hozirda nuqsonlarni bartaraf etish hamda vaqtinchalik suv omborni qisman faoliyat yuritishini tiklash ko‘zda tutilgan.

Suv omborida 230 mln m3 suv to‘plangan, u tez orada 350 mln m3 ga yetkaziladi. Suv omborining holati hamda yuzaga kelgan texnogen ofatning sabablarini o‘rganish yuzasidan, uning kelib chiqish holatlari qayta takrorlanishining oldini olish maqsadida rossiyalik mutaxassislar jalb qilinib, texnik yechimlar to‘liq o‘rganib chiqilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring