Sardobadagi 150 ta uyni Toshkent viloyati ta’mirlaydi. Karvon yo‘lga tushdi

Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan Sardoba suv omborida suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yordam berish maqsadida bugun 18 ta qurilish-pudrat tashkiloti vakillaridan iborat guruh Sirdaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Guruh tarkibida 1200 ta quruvchi, 20 ta yuk tashiydigan avtomashina, maxsus formalar, palatkalar, oziq-ovqat mahsulotlari mavjud.
Sirdaryo viloyatiga yuborilgan guruhda shifokorlar ham bo‘lib, ular safar davomida bunyodkorlarning salomatligini nazorat qilishadi. Toshkent viloyati quruvchilari jamoasi 150 ta uyni ta’mirlashda o‘z hissasini qo‘shishni niyat qilishgan.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, Sardoba voqealarining dastlabki kuni Toshkent viloyatidan toshqinni jilovlashda ko‘mak berish uchun 45 nafar muhandis-texnik xodim, 32 dona katta hajmda yuk tashiydigan avtomobillar, 150 dona beton to‘siqlar, 2600 tonnadan ortiq xarsangtosh, 16 ta avtosamosval, 4 ta buldozer, 4 ta ekskovator, 5 ta yuklovchi (pogruzchik), 3 dona maxsus texnika, 2ta burg‘ulash uskunalari jo‘natilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter