Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardor Umurzoqov ko‘rinish berdi

Sardor Umurzoqov ko‘rinish berdi

Foto: Suma Chakrabarti

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining sobiq prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga Sardor Umurzoqov bilan tushgan rasmni joylashtirdi.

«O‘tgan hafta Toshkentda yaqin do‘stim, Prezident maslahatchisi Sardor Umurzoqov bilan juda yaxshi suhbatlar bo‘ldi. Prezidentni ko‘rgani birga borib, 2024 yilga mo‘ljallangan ish dasturimizni kelishib oldik. Toshkentga yanvarda qaytaman», deb yozdi u.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning avgust oyida Sardor Umurzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring