Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sayyid ota» masjidiga ilk g‘isht qo‘yildi

«Sayyid ota» masjidiga ilk g‘isht qo‘yildi

Toshkent viloyati Qizil tog‘ qo‘rg‘oni «Fayzobod» mahalla fuqarolar yig‘ini Usmon Nosir ko‘chasida joylashgan «Sayyid ota» jome masjidining yangi binosi qurilishiga ilk g‘isht qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov, mahalla faollari, nuroniylar otaxonlar ishtirok etdi.

Masjidning yer maydoni va ayni paytda qurilish davom etayotgan hudud 25 sotixdan iborat. Zamonaviy masjidga hamohang tarzda imom-xatib, noib, mutavalli xonalari hamda qorovulxona ham bunyod etilmoqda.

Barcha shart-sharoitga ega jomega mos tarzda tahoratxona ham qad rostlayapti.

Namozxonlar uchun qulaylik yaratish maqsadida avtoturargoh ham qurilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring