Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senator kirish imtihonlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Senator kirish imtihonlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Ma’lumki, shu kunlarda mamlakatimizda 2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Test sinovlari jarayonlari karantin qoidalariga qat’iy amal qilingan holda o‘tkazilmoqda.

Yaqinda Oliy Majlis Senati a’zosi Sh. Jalolov va xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati S.Najmiddinova oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari, kirish imtihonlarida abituriyentlarga yaratilayotgan sharoitlarni yaxshilash, test sinovlari topshirish jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, konun buzilishi va muammoli holatlarni aniqlash maqsadida Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutida bo‘ldi. Shuningdek, imtihonga tayyorgarlik jarayonlariga e’tibor qaratilib, bu boradagi ishlarning samaradorligini yanada oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, joriy yilda mazkur oliy o‘quv yurtiga jami 10650 nafar abituriyent hujjat topshirgan. Ularga imtihon jarayonlarini bosqichma-bosqich amalga oshirishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring