Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Senatorlarni oborib-obkelamiz» — Tanzila Norboyeva

«Senatorlarni oborib-obkelamiz» — Tanzila Norboyeva

Kecha – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva bir guruh jurnalist va blogerlar bilan uchrashdi.

Ularni kasb bayrami bilan qutlarkan, parlament yuqori palatasi rahbari ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarni muntazam kuzatishini bildirib, muammolarni dadil ko‘tarib chiqayotgan ayrim blogerlarga minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, ko‘tarilayotgan muammolar yechimi bo‘yicha Senatda kerakli chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’kid etib, bu borada (muammolar yechimi borasida) mas’ullarni tinch qo‘ymasligi, o‘rni kelsa, «senatorlar oborib-olib kelishi»ni ochiq-oydin gapirdi va «buni tadbirda ishtirok etayotgan Senat apparati rahbarlari tasdiqlashini» qo‘shimcha qildi.

Tadbir nihoyasida Senat raisi mehmonlarni bir piyola choy bilan mehmon qilish asnosida sovg‘a-salomlar bilan siylagani kechaning o‘zidayoq ovoza bo‘lganidan jamoatchilik xabardor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring