Sergelidagi bozorda iste’molga yaroqsiz pishloq sotilayotgani aniqlandi
Ovqatdan zaharlanish va yuqumli ichak kasalliklarini kelib chiqishining oldini olish maqsadida bozor va oziq-ovqat savdo do‘konlari rastalaridagi mahsulotlarni sifati, iste’molga yaroqliligi bo‘yicha nazoratlar o‘tkazilmoqda.
Sergeli tumani, 3-mavzeda joylashgan Dehqon bozori shoxobchasida olib borilgan nazorat reydida ishlab chiqarish sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan, organoleptik jihatdan o‘zgargan, iste’molga yaroqsiz holga kelgan pishloq mahsulotining arzonlashtirilgan narxlarda sotilayotgani aniqlandi.
Pishloq mahsulotining savdosi darhol to‘xtatildi. Savdodan olingan 38 kg. iste’molga yaroqsiz pishloq mahsuloti brakeraj qilindi. Pishloq sotuvchisi iste’molga yaroqsiz mahsulotlar savdosiga yana yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan sanitariya-gigiyena talablari bo‘yicha qat’iy ogohlantirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter