Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ulug‘bek Oripov

Ba’zan sukut haqiqatdan afzal bo‘lishi mumkin.

Shaharning beton devorlari orasida zerikkanlar o‘qisin! (fotomaqola)

Shaharning beton devorlari orasida zerikkanlar o‘qisin! (fotomaqola)

Kitob tumani, Iskana qishlog‘i.

Foto:«Xabar.uz»

Bugun shaharda, ayniqsa poytaxtda yashovchilarga osonmas. Qurilishlar avj olgan, havo kundan kunga og‘irlashmoqda, issiqdan qochib qutilish uchun yashil va bahavo hududlar tobora kamayib bormoqda. 

Afsuski, yashil hududlarning qisqarish jarayoni qishloq hududlarida ham davom etyapti. Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani hududidagi Katta To‘pchoq, Iskana kabi qishloqlar toqqa yaqin, ob-havosi mo‘tadil hududlar sanaladi. 

Bu hududlar naqadar go‘zal bo‘lmasin, insonning ayovsiz qo‘li ta’siri tobora sezilib bormoqda. Vaqtida tabiatni istagancha tasarruf etish to‘xtatilmasa, og‘ir oqibatlar kelib chiqishi mumkin. 

Kitob va Shahrisabz tumanlari chegarasidan o‘tgan Oqsuv daryosi yuqori oqimi. 

Kitob tumanida joylashgan Katta To‘pchoq qishlog‘ida taxminan 4-5 ming kishi yashaydi. Asosiy faoliyat turi uzumchilik. Aholi tomorqalariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekiladi. Uzumning toyipi navi ommabop. Oz miqdorda kishmish, sultoni, husayni kabi uzumlar ham yetishtiriladi. 

Uzumzorlar ortidan tong otib kelmoqda. 

Shaharlashish ortidan bu hududlarda ham avtomobillar soni keskin ortdi, asfalt, beton yo‘llar ko‘paydi. Qurilishlar ortidan daraxt kesish ishlari ko‘paydi. Urbanizatsiya jarayoni ortidan qishloqlar 5-10 yilgi avvalgi holatidan ancha o‘zgardi. 

Qishloqda ichimlik suvi ta’minoti juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Har yuz metrda  bitta vodoprovod krani joylashgan. Afsuslar bo‘lsinki, ichimlik suvini asrash bo‘yicha na yoshlar va na kattalar jiddiy bosh qotirmoqda. Qishloqni bir kezishda oltitacha sharqirab oqib yotgan jo‘mraklarni uchratdim, ayrimlarini o‘chirdim, ba’zilari buzuq, suv bearmon oqib yotibdi. 

Kelajakda asosiy muammo bo‘lishi kutilayotgan suv masalasidan qishloqliklar guyo bexabardek... 

Litrlab toza ichimlik suvi bekorga isrof bo‘lmoqda. (Surat olingandan so‘ng, suv o‘chirildi). Qishloqda bundan jo‘mraklardan o‘nlab bor. 

Lekin baribir qishloq hayoti o‘zgacha. Shaharda oylab yashagan kishi bu yerning hovurini, havosini birdan his etadi. Siz ham beton devorlar ichida zerikkan bo‘lsangiz, darhol safarga otlaning. Zero yurgan daryo, o‘tirgan bo‘yra, degan maqol bor. 

Keksa bog‘bon sahargi ishlardan so‘ng uyiga qaytmoqda. 
Bu rasmga izoh yo‘q!
Ijodkorlar uchun ideal joy. 



 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring