Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahrisabzda tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatga jalb etgan shaxs jarimaga tortildi

Shahrisabzda tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatga jalb etgan shaxs jarimaga tortildi

Kuni kecha Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari majburiy mehnatga jalb qilingani haqida xabarlar tarqalgandi.

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ushbu holatga munosabat bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan aniqlanishicha, Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limida xo‘jalik bekasi sifatida faoliyat yuritayotgan Z.A. qo‘l ostida ishlovchi xodimlari O.B.ning navbatchilik vaqti tugaganidan so‘ng, M.A. va M.A.ni esa ish vaqtida o‘zlariga yuklangan vazifalarni bajartirmasdan, ularni mehnatga ma’muriy tarzda majburlagan.

Davlat mehnat inspeksiyasi qaroriga asosan Z.A.ga nisbatan respublika Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddasiga ko‘ra ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish va amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining ellik barobari miqdorida jarima jazosi tayinlash belgilandi.

Qayd etilishicha, shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari (2021 yil 30 mart kunidagi №13 va 4 maydagi №18-sonli yig‘ilish bayonlariga asosan) majburiy mehnatga jalb etmaslik bo‘yicha ogohlantirilgan va zarur tushuntirish ishlari olib borilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring