Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkentdagi mahallalarga boradi

Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkentdagi mahallalarga boradi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida olib borilayotgan bunyodkorlik va mahallalarni obodonlashtirish ishlari bilan tanishadi.

Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashgan maktab internatiga tashrif buyuradi. «Saxovat», «Muruvvat» va «Mehribonlik» uylari hamda maxsus maktab internatlari faoliyati bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, prezident kecha yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar, davlat xizmatlarini ko‘rsatishni soddalashtirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring