Shavkat Mirziyoyev Ergash Shaismatovni mukofotladi

Prezident farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Tojikistondagi Favqulodda va Muxtor Elichisi Ergash Rahmatullayevich Shaismatov «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Diplomatga «mukofot davlat boshqaruvi organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni har tomonlama chuqurlashtirish, ko‘p qirrali va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lidagi sermahsul faoliyati, o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamlashga qo‘shayotgan salmoqli hissasi uchun» berilgani ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter