Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
![Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi](http://static.xabar.uz/crop/2/5/720_460_95_2597132090.jpeg)
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni, muborak Qurbon hayiti arafasida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi.
Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.
Ulamolar bilan bo‘lgan suhbatda ilm-ma’rifat rivojiga yaratilayotgan sharoitlar, yoshlarni vatanparvarlik va shukronalik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash haqida so‘z yuritildi.
Majmua hozirgi kunda yangitdan barpo etilmoqda. Bu yerdagi qurilish-pardozlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shu bilan Prezidentning Samarqandga tashrifi yakunlanib, Toshkentga jo‘nab ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter