Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Jumaboy Ismoilov xonadonida mehmon bo‘ldi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Jumaboy Ismoilov xonadonida mehmon bo‘ldi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari Qo‘shtepa tumanidagi Namuna mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi.

Xalqimizning milliy dehqonchilik madaniyati, qadriyatlaridan biri – uzumchilik. Ayniqsa, Farg‘ona vodiysida deyarli har bir ko‘chada, xonadonda tok bor.

Namuna mahallasida ham shunday. Aksariyat oilalarning asosiy daromadi uzumchilikdan. Shuningdek, namunaliklar mebelsozlik, do‘ppido‘zlik, chevarlik, chorvachilik, asalarichilik va quyon boqish bilan shug‘ullanadi. Mahallada uch mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Shavkat Mirziyoyev shu yerlik Jumaboy Ismoilov xonadonida mehmon bo‘ldi.

Oila boshlig‘i usta dehqon. Turmush o‘rtog‘i Fotima aya tikuvchi. Ular katta farzandlarni uy-joyli qilgani, o‘z uyida ishlab, qo‘shimcha daromad topayotgani haqida so‘zladi. 15 sotix tomorqada 100 tup uzum va boshqa mevali daraxtlar ekilgan. O‘tgan yili birgina uzumning o‘zidan 21 million so‘m daromad olingan.

Prezident kelgusida mahalla tizimiga yanada keng imkoniyatlar berilishi, bu joylardagi muammolarni manzilli hal etish va aholini ijtimoiy himoya qilishda muhim omil bo‘lishini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari Farg‘ona viloyatiga tashrifini yakunlab, Andijonga jo‘nab ketdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring