Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Ochilboy Ramatovni taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev Ochilboy Ramatovni taqdirladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovni mukofotlash bo‘yicha farmonni imzoladi. 

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

«Davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, yurtimizda keng ko‘lamli islohotlarni, yirik bunyodkorlik loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish, hududlarni kompleks rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, tashabbuskorlik va tashkilotchilik fazilatlari bilan Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini oshirishga qo‘shayotgan katta hissasi, yosh avlodni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda tavalludining 60 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Achilbay Jumaniyazovich Ramatov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlansini» deyiladi farmon matnida. 

Eslatib o‘tamiz, Ramatov avval transport vaziri vazifasini ham bajargan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring