Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Toshkentga yetib keldi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentga yetib keldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etish uchun Nukusga jo‘nab ketgani haqida xabar bergandik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasida ishtirok etdi.

So‘ngra Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi Opera va baxshichilik maktab-internatini borib ko‘rdi. Nukus shahridagi «Qoraqalpoq baliq sanoat» mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, davlat rahbari Nukus shahrida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar va IT-parkni borib ko‘rdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring