Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Afrosiyob muzeyida bo‘ldi

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Afrosiyob muzeyida bo‘ldi.

Afrosiyob – Samarqand shahar tarixi muzeyi 1970 yilda tashkil etilgan. Muzey qadimiy Afrosiyob shaharchasida – Samarqandning qadimiy, mo‘g‘ullar istilosigacha bo‘lgan qismida joylashgani uchun ham shunday nomlangan.

Bu yerda asosan Afrosiyob tepaliklarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar davomida topilgan noyob tarixiy ashyolar saqlanadi. Ular Samarqandning qariyb uch ming yillik tarixidan hikoya qiladi, deb yozadi «O‘zA».

Emomali Rahmonga Afrosiyob qal’asi va muzeydagi eksponatlar tarixi, Samarqandning qadimiy o‘tmishi haqida ma’lumot berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter