Shavkat Mirziyoyev: «Vazni ortiqcha xodim qanday qilib jinoyatchini tutadi?»

Mudofaa va ichki ishlar tizimidagi ortiqcha vaznga ega xodimlarga buni o‘nglash uchun muddat beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Namanganda bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Daryo».
— Bizga ortiqcha vaznga ega zobit, ichki ishlar xodimi kerak emas. Bu holatda qanday qilib jinoyatchini tutadi? Sport bilan shug‘ullansin. Bu menga emas, o‘zlariga foyda. Muddat beramiz: uch oymi, olti oymi, shu vaqt ichida o‘zini o‘nglab, me’yordagi vaznga tushsin, — degan davlat rahbari.
Prezident jismoniy tarbiya va sportga e’tibor nafaqat ushbu tizimlarda, balki barcha darajada kuchaytirilishi, sog‘lom millatga aylanish, salbiy illatlar, xususan, ichkilikbozlikka qarshi muntazam kurashish lozimligini ta’kidlagan.
Shavkat Mirziyoyev harbiy hizmatchilar hali ham «sovet davridan qolgan» kiyimlarda yurgani, yaqin orada bu borada ham o‘zgarish bo‘lishini bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter