Shavkat Mirziyoyev xalqaro tinchlik mukofotiga laureat deb topildi

Shavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Emomali Rahmon Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi uchun Lev Tolstoy nomidagi ikkinchi xalqaro tinchlik mukofoti laureatlari deb e’lon qilindi.
«TASS»ning yozishicha, mazkur marosim Moskvada atoqli yozuvchi va faylasuf Tolstoyning tavallud kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan.
«Lev Tolstoy nomidagi xalqaro tinchlik mukofoti hakamlar hay’ati qarori bilan 2025 yilgi mukofot laureatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon deb e’lon qilindi. Qaror bir ovozdan qabul qilindi», – dedi hakamlar hay’ati raisi, Mariinskiy teatri bosh direktori Valeriy Gergiyev.
Mukofot tashkiliy qo‘mitasida ta’kidlanganidek, uch davlat rahbarlari ushbu faxriy mukofot bilan Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi uchun taqdirlangan. Shuningdek, 31 mart kuni O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasida davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani, umumiy chegaralarni huquqiy rasmiylashtirish to‘liq yakunlangani va «shunday qilib, xalqaro huquq normalari asosida umumbashariy va teng xavfsizlikni ta’minlashga, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunish va hamkorlikni mustahkamlashga katta hissa qo‘shilgani» eslandi.
Ma’lumot uchun, mazkur mukofot xalqaro hakamlar hay’ati tarkibiga Argentina, Belarus, Hindiston, Xitoy, Rossiya, Fransiya, Janubiy Afrika va Yaponiyadan siyosat va jamoat arboblari kirdi.
Manba: tass.ru
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter