Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev yo‘llar avtomat monitoring etilmasligini tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev yo‘llar avtomat monitoring etilmasligini tanqid qildi

Bugun o‘tgan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘llarni monitoring qilish bo‘yicha avtomatlashgan tizim yo‘qligini tanqid qilgan.

«Qaysi yo‘ldan qancha og‘irlikdagi yuk tashish mumkinligi hammaga ma’lum emas. Me’yordan ortiq og‘irlikda yuk tashuvchi avtotransport vositalarining harakati nazorat qilinmayapti», degan davlat rahbari.

Shu bois yig‘ilishda barcha yo‘llarning elektron bazasini shakllantirish, maxsus avtomatlashgan o‘lchash vositalarini o‘rnatish bo‘yicha dastur ishlab chiqish aytilgan.

Prezident xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, yo‘l bo‘yi infratuzilmasini xalqaro andozalar asosida loyihalashtirish, xalqaro yo‘llarda sifatli servisni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar bergan.

Shuningdek, yig‘ilishda ko‘priklar ta’mirtalab, ayrimlari umuman beega ekani tanqid qilinib, barcha ko‘priklarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, ularni ta’mirlash va tiklash bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring