Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning surati tushirilgan oltin tangalar xabari izohlandi

Shavkat Mirziyoyevning surati tushirilgan oltin tangalar xabari izohlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning surati tushirilgan oltin tangalar rasmlari tarqaldi.

Markaziy bank bunga munosabat bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yubiley sanalari, tarixiy va zamonaviy davrning muhim voqealariga bag‘ishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar muomalaga chiqarilib, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirilib kelinadi.

«Bugungi kunda Markaziy bank tomonidan Prezident shaxsiga bag‘ishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar yoki banknotlar muomalaga chiqarilmaganini bildiramiz», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring