Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Asadov: «Jurnalist va blogerlar o‘z mahoratlarini oshirib borishi zarur!»

Sherzod Asadov: «Jurnalist va blogerlar o‘z mahoratlarini oshirib borishi zarur!»

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan bir qator hamkor tashkilotlar ishtirokida o‘tkazilayotgan «Yangi O‘zbekiston. Yangi nigoh» media-haftaligida Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov jurnalistika haqida so‘zladi:

«Demokratik prinsiplarni shakllanishi OAV hamda blogerlar faoliyatini erkin bo‘lishiga zamin yaratadi. Shu o‘rinda, so‘nggi yillar mamlakatimizda axborot erkinligiga katta e’tibor qaratilmoqda!

Ma’lumki, har qanday sohada tez va to‘g‘ri yo‘nalish zamonaviy taraqqiyotning omili bo‘lib xizmat qiladi. Jurnalist va blogerlar ham albatta bu borada o‘z mahoratlarini oshirib borishi zarur.

Jurnalistlar va jurnalistika bu jamiyatning muhim organi bo‘lib, doim islohotlarga muhtojlik sezadi. Ana shu islohotlarni samarali tarzda amaliyotga tadbiq etish soha rivojiga munosib hissa qo‘shadi».

Mazkur media-haftlik dasturidan maxsus taqdimotlar va media-tadbirlar, mamlakatning oliy ta’lim muassasalari va yetakchi ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlik memorandumlarining imzolanishi, iqtidorli yoshlarga maxsus jihozlarni taqdim etish marosimi, yoshlar media-studiyalarining ochilish marosimi, yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan filmlarining ochiq namoyishlari va boshqa tadbirlar o‘rin olgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring