Sherzod Shermatov «Yoshlar forumi»da ma’ruza qiladi

20-dekabr kuni, soat 12:00 da Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov «Yoshlar forumi 2021» tadbirida «Yoshlar kelajagi uchun IT-sohadagi imkoniyatlar» mavzusida ma’ruza qiladi.
Taqdimot davomida quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
- IT-sohada turli yo‘nalishlar;
- Nima uchun IT oson va hamyonbop;
- IT-mutaxassislar uchun mavjud va yaqin kelajakda yaratiladigan imkoniyatlar;
- IT-sohaga qanday qadam tashlash kerak.
Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, dasturlashni o‘rganish uchun «Vazir granti» va qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish mumkin.
Forumda ishtirok yetish uchun quyidagi havola orqali o‘ting: Toshkent24.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter