Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzodjon Polvonov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

Sherzodjon Polvonov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

O‘zbekiston Mahallalari uyushmasining mahallalar obodligini ta’minlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Polvonov Sherzodjon Fazlitdinovich Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Sherzodjon Polvonov 1987 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika instituti hamda Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi (magistratura)ni tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2009 yilda Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi kommunal xizmat ko‘rsatish departamenti bosh mutaxassisi sifatida boshlagan. Viloyat hokimligi yetakchi mutaxassisi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Farg‘ona shahar kengashi raisi bo‘lgan.

2015-2017 yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Farg‘ona viloyati Kengashi raisi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi bo‘lim mudiri, Farg‘ona shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi xodimi, 2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi rahbari bo‘lib ishlagan. «Shuhrat» medali sohibi.

Joriy yilning mart oyidan Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Sherzod Rahimov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring