Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi

Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi

Foto: Xabar.uz

Depressiyaga uchragan haydovchilar atrofdagi voqelarga reaksiyaning pasayishi sabab rulga o‘tirmasliklari maqsadga muvofiqdir. Bu haqda psixoterapevt, tibbiyot fanlari nomzodi Yevgeniy Fomin Gazeta.ru bilan suhbatda gapirdi.

«Depressiyaga uchragan haydovchilarning baxtsiz hodisalarga duchor bo‘lish xavfi yuqori. Bu boshqa yo‘lovchilarga ham ta’sir qiladi. Depressiyaga uchragan odam letargiyani boshdan kechiradi va e’tiborsiz bo‘ladi. Tushkunlikka tushgan kishi atrofda nimalar bo‘layotganini ham sezmasligi mumkin», deb tushuntirdi shifokor.

Fominning qayd etishicha, ruhiy tushkunlikka tushgan odamning holati yo‘llarda xavfli vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu munosabat bilan shifokor depressiya tashxisi qo‘yilgan haydovchilarga jamoat transportiga o‘tishni tavsiya qildi.

«Agar odam o‘z ahvolidan xabardor bo‘lsa, u holda mashina haydashdan voz kechgan ma’qul. Ayniqsa, agar u psixotrop dorilar va antidepressantlarni qabul qilsa. Ular konsentratsiyani kamaytirishi mumkin. Depressiyaga uchragan haydovchilar taksi yoki jamoat transportiga o‘tsa, bu o‘zlari va boshqa yo‘l harakati qatnashchilari uchun xavfsizroq bo‘ladi», — deya xulosa qildi Fomin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring