Shifokorga tan jarohati yetkazgan «zo‘ravon»ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani tez tibbiy yordam bo‘limi shoxobchasi shifokori M.X. navbatdagi chaqiruvga yo‘l olganida ko‘p o‘tmay o‘zi bemorga aylanishini xayoliga keltirmagan edi. Qisqasi, tibbiyot xodimi tumaning Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi turar joyga tungi soat 23.30 da yetib borganida uydan chiqib kelgan D.O. bemorni ko‘rsatish o‘rniga «Nega xabar tushgandan so‘ng o‘z vaqtida kelmaysan», deya shifokorga tan jarohatlari yetkazgan. Bu xaqda Jizzax viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.
Jabrlanuvchiga yopiq kraniofatsial travma, bosh miya lat yeyishi, burun suyagi yopiq sinishi, burun sohasi urilib yirtilgan jarohati, bosh-ensa tepa, peshona sohalarining yumshoq to‘qimalari lat yeyishi tashxisi bilan respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Holat bo‘yicha tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter