Shoir va jurnalist Akmal Toshev vafot etdi
Iste’dodli shoir va jurnalist Akmal Toshev (Akmal Tosh) vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Fozil Farhod ma’lum qildi.
Uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Akmal Toshev 1985 yil 6 aprelida Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Oqtosh qishlog‘ida tug‘ilgan. 1992-2003 yillar qishloqdagi 41-umumta’lim maktabida o‘qidi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida jurnalistika fakultetida bakalavr yo‘nilishini (2004-2008), magistratura bosqichida (2011-2013) tahsil oldi. «Ishonch» va «Ishonch-Doveriye» gazetalari tahririyatida bo‘lim muharriri lavozimida ishlagan.
A.Toshev badiiy ijod bilan shug‘ullanib keladi. Qator markaziy gazeta va jurnallarda she’rlari chop etilgan. «Mohiyat lahzalari» (2008), «Farishtali kunlari» (2011) nomli she’riy to‘plamlari nashr etilgan. «Qashqadaryo bayozi» (2007), «Yoshlar kitobi» (2008), hamda «Oltin ko‘prik» (2010) almanaxlariga she’rlari kiritilgan.
Xabar.uz tahririyati jamoasi marhumning yaqinlariga ta’ziya bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter