Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 «Sho‘rtangazkimyo» majmuasi ishchisi talonchilar hujumiga uchradi

 «Sho‘rtangazkimyo»  majmuasi ishchisi talonchilar hujumiga uchradi

2019-yil 4-fevral kuni Qarshi shahrida fuqarolar A.K., Sh.A., E.N. va N.Sh.lar  «Sho‘rtangazkimyo» majmuasi ishchisi U.A.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, 505 000 so‘m puli va  «IPhone» mobil telefonini olib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida ma’lum qilindi. 

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslar qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV shuningdek, Navoiy viloyatida 3 yoshli farzandini sotayotgan ayol haqida ham xabar bergandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring