Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat Abdurahmonovning yordamchisi hokimlikka tayinlandi

Shuhrat Abdurahmonovning yordamchisi hokimlikka tayinlandi

Abdujalilov Ergashali Abduqurbonovich Oltinko‘l tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi. 

Ergashali Abdujalilov 1985-yili Marhamat tumanida tug‘ilgan. 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy tizimlarda mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i, rahbar o‘rinbosari hamda rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Oltinko‘lga 2022-yildan buyon Maxamadmuso Obidov rahbarlik qilib kelayotgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring