Shuhrat G‘aniyevga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning 2020-yil 4-apreldagi qarori bilan Mirzohid Murodilovich Ubaydullayev Farg‘ona viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
U bunga qadar Marg‘ilon shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Adhamjon To‘xtasinov Marg‘ilon shahar hokimi etib saylangani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter