Shuhrat Jo‘rayev Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi.
Jo‘rayev Shuhrat Xo‘jamberdiyevich viloyat hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
Sh.Jo‘rayev 1968 yilda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tavallud topgan. U ushbu tayinlovga qadar Favqulotda vaziyatlar vazirligida faoliyat yuritib kelgan.
Mazkur tayinlov hududda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, infratuzilmaviy loyihalar, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi uchun munosib kommunal xizmatlarni tashkil etishda tizimli yondashuvni ta’minlashga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur lavozimda 2025 yil 3 martga qadar Hasanov Hamidjon Alisher o‘g‘li faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter