Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda maktab o‘quvchisi bedarak yo‘qoldi

Sirdaryoda maktab o‘quvchisi bedarak yo‘qoldi

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida 17 yashar qiz bedarak yo‘qoldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xovos tumani, «Binokor» mahallasidagi uylarning birida yashagan 2006 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi Manzura Hakimova 2023 yil 24 iyul kuni uyidan chiqib ketib bedarak yo‘qolgan. 

Uni topishda ko‘maklashgan fuqarolar 5 million so‘m pul mablag‘i bilan mukofotlanadi hamda ma’lumot bergan shaxslarning shaxsiga oid ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi. 

Alohida belgilari: bo‘yi 160-165 sm, sochi uzun, ko‘zlari qora yumaloq, labi, burni va quloqlari o‘rtacha kattalikda, yuzi cho‘zinchoq, bug‘doy rang. Egnida oq rangli ayollar ko‘ylagi bor, oyog‘ida ko‘k rangli tapochka bo‘lgan.

Ushbu shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari so‘ralgan: 102, 91-807-77-37, 97-331-74-18, 67-225-55-52.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring