Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda mast yo‘lovchi YPX xodimlarini urib, jarohat yetkazdi

Sirdaryoda mast yo‘lovchi YPX xodimlarini urib, jarohat yetkazdi

Foto:«Xabar.uz»

20-yanvar kuni Sirdaryo viloyati Sirdaryo shahrida tuman IIB YHXB YPXG katta inspektorlari E. Parmanov, S.Fayziyev hamda YPX xodimi F.Alimbayevlar mastlik holatini aniqlash bo‘yicha reyd olib borayotgan bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanida yashovchi Jamoliddin Xamroyev «Neksiya»  avtomobilni xujjatlarsiz boshqarib, YPX inspektorining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan, harakatni davom ettirgan.

Shundan so‘ng, YPX katta inspektori E.Parmonov YPX inspektorlari S.Fayziyev va F.Alimbayevlar bilan birgalikda «Neksiya» avtomobilini kuzatib borishgan. Ular to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlangan transport vositasini Sirdaryo shahar, Yangi hayot mahallasida to‘xtatib, haydovchidan xujjatlarni taqdim etishini so‘rashgan.

Haydovchi J.Xamroyev boshqarish huquqini beruvchi xujjatlari yo‘qligini ma’lum qilgan vaqtida, «Neksiya» avtomobili yo‘lovchisi 1996 yilda tug‘ilgan Panjiyev Jaxongir tizzasi bilan xizmat vazifasini bajarayotgan YPX inspektori E.Parmonovning qorin qismiga tepib, ko‘krak nishonini yulib olgan.

Shuningdek, YPX inspektori serjant S.Fayziyev fuqaro J.Panjiyevni tinchlantirmoqchi bo‘lgan vaqtida, unga ham faol qarshilik ko‘rsatib, uning ham ko‘krak nishonini yulib olib, barmog‘ini qayirib sindirgan. YPX inspektorlari fuqarolar J.Panjiyev va J.Xamrayevlarni shaxsiga aniqlik kiritish va qonuniy chora ko‘rish maqsadida Sirdaryo tumani IIBga olib kelishgan vaqtida, fuqaro J.Panjiyev o‘zining huquqbuzarligini yana davom ettirib, F.Alimboyevning yuz qismiga bir marotaba kallasi bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Fuqaro J.Panjiyevni alkotestor ko‘rigidan o‘tkazilganda, mast ekanligi aniqlangan.

Hozirda bodikameralar xotiralari tekshirilib, Sirdaryo tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring