Sirdaryoda moliyaviy piramida tashkil qilgan MChJ rahbari ushlandi
Guliston shahrida ustama to‘lov sharti bilan fuqarolarning pul mablag‘ini jalb qilgan MChJ rahbarining kirdikorlari fosh bo‘ldi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bergan ma’lumotga ko‘ra, Departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.i.” MChJ rahbari U.A. va boshqalar fuqarolardan go‘yoki investitsiya ko‘rinishida pul mablag‘ini jalb etib, har oy o‘n foiz ustama to‘lovlari to‘lab berishga ishontirib, 5 nafar fuqaroning 105,8 mln so‘mi va 17 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi (pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter