Mirzaobod tumanida hokim o‘zgardi

Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi.
Bugun Mirzaobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Sessiya ishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Rahmonqulov Orif Xudoyberdiyevich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Mirzaobod tumani hokimi lavozimidan ozod etildi.
Deputatlar tomonidan Umarov Abduraxim Abdulxamidovich nomzodi Mirzaobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
A.Umarov mazkur tayinlovga qadar viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari boyicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter