Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Siz qidirgan sihatgoh — «Ko‘hinur»

Siz qidirgan sihatgoh — «Ko‘hinur»

Toshkentdan uzoq emas, 35-40 kilometr yo‘l bosib chiqsangiz, Quyichirchiq tumanidagi «Ko‘hinur» sanatoriysiga yetib kelasiz. Bu yerda yiliga 4000 nafar bemor sog‘lomlashtiriladi.

Sanatoriyning qanday afzalliklari bor? Birinchidan, u tinch va bahavo hududda joylashgan. Maydoni 5 gektardan ortiq bo‘lib, shahar shovqini, mashinalar signali va surunkali ishdan charchagan asablarni tinchlantirish uchun a’lo joy.

Sog‘liqni tiklash uchun esa shifobaxsh balchiq, parafin, fizoterapiya bo‘limlari faoliyat yuritmoqda. Shuningdek suv muolajalarini ham alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

Mazkur sihatgohda yurak qon tomir, markaziy hamda periferik nerv tizimi, teri, serebral, arteroskleroz, tayanch harakat tizimi, jarohatdan keyingi asoratlar, urologik, ginekologik va oshqozon-ichak kasalliklari muolaja qilinadi. Sanatoriyda malakali va xushmuomala mutaxassislar faoliyat yuritmoqda.

«Ko‘hinur»ning yana bir afzal jihati — sanatoriy yaqinda qurilib, foydalanishga topshirilgan. Qurilish jarayonida jahon tajribasi o‘rganilgan va qo‘llanilgan. Shu bois ushbu maskan ancha-muncha mehmonxonadan qolishmaydigan sharoitga ega. Keng va shinam xonalarda dam olgan odamning dili yayraydi.

Sihatgoh zamonaviy tibbiyot jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, sport maydonlari va bolalar maydonchalari tashkil etilgan.

Ma’lumot uchun: 70-202-01-03, 97-604-89-34 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring