Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sodiq Safoyev: «Shuncha yil «O‘zbek modeli» deb yurdik, bu noto‘g‘ri bo‘ldi...»

Sodiq Safoyev: «Shuncha yil «O‘zbek modeli» deb yurdik, bu noto‘g‘ri bo‘ldi...»

Foto:«Xabar.uz»

Bugun Oliy Majlis Senatining 21-yalpi majlisida «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturining 2019-yil ikkinchi choragidagi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti ham tinglandi.

Mavzu doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ma’ruza qildi.

U o‘z nutqida investitsiya muammolari, byurokratiya, moliyaviy masalalarga e’tibor qaratdi.

Senat raisi o‘rinbosari fikricha, O‘zbekistonda sarmoya kirituvchi investorlar bilan ishlovchi konsalting kompaniyalar tarmog‘ini rivojlantirish zarur.

«Chetdan keladigan investor byurokratiyani yoqtirmaydi, vazirliklarga borgisi kelmaydi. Ular bilan ishlovchi konsalting kompaniyalarni rivojlantirmoq zarur. Uzoqqa bormaylik, qo‘shni Qozog‘istonning o‘zida 700 ta xuddi shunday kompaniya bor. Bu kompaniyalar investorlar bilan ishlashda juda muhim va qulay tuzilma», — dedi Safoyev.

Senat o‘rinbosari shuningdek, moliya sohasidagi muammolarni ham tanqid qildi.

«Qo‘shni Qozog‘iston shu vaqtga qadar valyutasini uch marta devalvatsiya qildi. Bizda esa teskarisi, milliy valyuta qadrini sun’iy ushlashga harakat qilindi. Ulkan salohiyatga ega respublikamizning iqtisodiy qudratli davlatlar ichida 125-o‘ringa tushib ketgani juda achinarli. Aholining uchdan bir qismi qishloq xo‘jaligida ishlaydi, bu esa qoloq soha. Millionlab hamyurtlarimiz xorijda ishlab yuribdi. Bizda mehnat unumdorligi yo‘q, masalan, bu borada Janubiy Koreyadan 10 baravar orqada qolib ketganmiz. Ko‘p yillar «O‘zbek modeli» deb yurdik, bu noto‘g‘ri bo‘ldi...», — dedi senator.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring