So‘lim go‘sha – Jizzaxda yangi «Turizm mahallasi» tashkil etildi

Turizm qo‘mitasi tomonidan Jizzax viloyati G‘allaorol tumanining Uzunbuloq mahallasiga tantanali ravishda «Turizm mahallasi» maqomi berildi.
Tadbirda Uzunbuloq mahallasi raisiga «Turizm mahallasi» maxsus sertifikati topshirildi.
Bugungi kunda Uzunbuloqda 10 dan ortiq oilaviy mehmon uyi, 8 ta hunarmand, 5 ta ovqatlanish shahobchasi, 2 selfi maskani va 3 ta savdo markazi faoliyat yuritmoqda.
Shu bilan birga, ikki nafar mahalliy tadbirkorga oilaviy mehmon uylarini tashkil qilgani uchun sertifikatlar taqdim etildi.
Tadbir doirasida o‘tkazilgan «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizm yarmarkasida hunarmandlar o‘z mahsulotlarini namoyish qildilar, turkompaniyalar tomonidan esa yangi turistik paketlar taqdim etildi.
«Turizm mahallasi»ning tashkil etilishi hududda ichki turizmni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va mahalliy iqtisodiyotga turtki berishga xizmat qiladi.
Rejalarga ko‘ra, 2025 yil yakuniga qadar Forish tumanidagi «Uxum» va Baxmal tumanidagi «Novqa» mahallalariga ham «Turizm mahallasi» maqomi berilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter