Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

So‘nggi uch oyda o‘rnatilgan yangi fotoradarlar bo‘yicha ma’lumot berildi

So‘nggi uch oyda o‘rnatilgan yangi fotoradarlar bo‘yicha ma’lumot berildi

foto: Xabar.uz

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilgan aniq manzillari bo‘yicha ma’lumotlarning ochiqlanish holati bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi monitoring o‘tkazdi

Ma’lum bo‘lishicha, respublika hududidagi avtomobil yo‘llarida 2022 yil birinchi choragida jami 37 ta yangi fotoradar hamda kuzatuv kameralari ishga tushirilgan. Ulardan 4 tasi xavfsizlik kamarini taqmaslik yoki haydovchilarning telefondan foydalanganlik holatini aniqlovchi kuzatuv kamerasi, 33 tasi esa harakat tezligini belgilangan me’yordan oshirib yuborganlik holatini aniqlovchi fotoradar qurilmalaridir.

Yangi ishga tushirilgan fotoradar hamda kuzatuv kameralari hududlar kesimida quyidagicha:

Surxondaryo viloyatida – 10 ta;

Xorazm viloyatida – 7 ta;

Qashqadaryo viloyatida – 5 ta;

Toshkent shaharida – 5 ta;

Farg‘ona viloyatida – 4 ta;

Toshkent viloyatida – 4 ta;

Buxoro viloyatida – 2 ta.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring