Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sotilmay turgan 950 ta uy bor» — Prezident

«Sotilmay turgan 950 ta uy bor» — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda uy-joy qurilishi bo‘yicha videoselektor o‘tkazmoqda.

Davlat rahbari narxi qimmatligi yoki joylashgan o‘rni noqulay bo‘lgani uchun sotilmay turgan uylar muammosini ko‘tardi.

«Bugungi kunda joylashgan joyi yoki narxi aholiga nomaqbul bo‘lgani uchun, qiymati 255 milliard so‘mlik 950 ta qurilgan xonadon sotilmasdan turibdi.

Surxondaryoda – 292 ta, Sirdaryoda – 189 ta, Qoraqalpog‘istonda – 174 ta, Farg‘onada – 167 ta shunday uylar mavjud. Nima sababdan ushbu hududlar rahbarlari kerakli ishlarni amalga oshirmayapti?» — dedi davlat rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring