SPA salonlari faoliyatiga ruxsat berildi – Maxsus komissiya qarori
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilish bayoniga ko‘ra, ba’zi faoliyat turlariga ruxsat berildi.
Hujjatning 6-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning iqtisodiyot tarmoqlari faoliyati barqarorligini ta’minlash, shuningdek, ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni qo‘llab-quvvatlash va ish o‘rinlarini saqlab qolish maqsadida Sanitariya qoidalar, normalari, gigiyena normativlariga va Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan sanitariya-epidemiologik tartiblarga qat’iy rioya etgan holda «Damas» rusumli va boshqa barcha turdagi avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni tashish, karaoke va bilyard zallari, SPA salonlari faoliyatiga ruxsat berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter