SSV tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Hasanov Ulug‘bek Saydakramovich Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori etib tayinlandi.
Ulug‘bek Hasanov 1994 yilda 1-Toshkent davlat tibbiyot instiutini tamomlab, ushbu oliygohning klinik ordinatura, aspirantura bosqichlarida hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining doktorantura yo‘nalishida tahsil olgan.
Turli yillarda 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti otorinolaringologiya va stomatologiya kafedrasi assistenti, Toshkent tibbiyot akademiyasi otorinolaringologiya va stomatologiya kafedrasi assistenti, dotsenti, kafedra mudiri bo‘lib ishlagan.
Tibbiyot fanlari doktori U.Hasanov tayinlovga qadar Toshkent tibbiyot akademiyasi otorinolaringologiya va stomatologiya kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter