Statistika agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Prezidentning farmoni bilan Behzod Saylixonovich Hamrayev Statistika agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Yanvar oyida Statistika agentligining avvalgi rahbari Bahodir Begalov ishdan olingandi.
Behzod Hamrayev 1983-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2006-yili Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti magistraturasini, 2016-yili Yaponiyaning siyosiy fanlar milliy institutini tamomlagan. Ekonometrika va statistika magistri darajasiga ega.
Mehnat faoliyatini Iqtisodiyot vazirligida boshlagan. 2008-yildan buyon Markaziy bank tizimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter