Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Subsidiyalar yangi platforma orqali ajratiladi

Subsidiyalar yangi platforma orqali ajratiladi

«Mahalla yettiligi» tavsiyasi asosida kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi Hukumat qarori (691-son, 21.10.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar belgilandi:

  • yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash maqsadlari uchun asosiy stavkadan 4 foiz bandga yuqori stavkada 120 million so‘mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga ipoteka kreditlarini ajratish;
  • ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to‘lab berish;
  • ipoteka kreditlari va ular bo‘yicha subsidiyalarni rasmiylashtirish hamda ajratish tartibi.

Shuningdek:

  • kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashda kadastr pasportini rasmiylashtirish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq to‘lovlar qiymati 50 foizga kamaytiriladi;
  • yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar "subsidyplatform.mf.uz" to‘lov platformasi orqali ajratiladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring