Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi tanlov e’lon qildi

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi tanlov e’lon qildi

Foto: «Xabar.uz»

Falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktorantura va doktoranturaga tanlov e’lon qiladi.

Tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:

  • magistr darajasiga, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha);
  • falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lganlar.

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • Sudyalar oliy maktabi direktori nomiga ariza;
  • talabgorning qisqacha biografik ma’lumotnomasi;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:

  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.

Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • Sudyalar oliy maktabi direktori nomiga ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

Tayanch doktorantura va doktorantura talabgorlar http://phd.mininnovation.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, Sudyalar oliy maktabi Ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish bo‘limiga xujjatlarni 2020 yilning 15 oktyabrga qadar taqdim etishlari talab etiladi:

Hujjatlar Sudyalar oliy maktabi Ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan joriy yilning 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha bo‘lgan davrda: p/m 100097 Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uyda (mo‘ljal: sobiq Oliy xo‘jalik sudi binosi, 423-xona) qabul qilinadi.

Talabgorlar uchun tanlovda ishtirok etish talablari va topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati  Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomda batafsil ko‘rsatilgan.

email: ilmiybulim@inbox.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring