Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sumalak bazmi»ning yarim-yalong‘och qatnashchilari 15 sutkaga qamaldi

«Sumalak bazmi»ning yarim-yalong‘och qatnashchilari 15 sutkaga qamaldi

Foto: Videodan kadr

2021-yilning 21-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahridagi «Saxara» kafesi oldida shu kafeda ishlovchi bir guruh xotin-qizlar yarim-yalong‘och kiyingan holda sumalak pishirayotganliklari aks etgan video tarqalgandi.

23-mart kuni mazkur ayollarga nisbatan holat Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudida ko‘rib chiqildi.

Ularning 3 nafari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bo‘yicha aybdor deb topilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, qamoqda saqlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun sutkasiga BHMning 15% miqdorida jami 551 200 so‘m undirilishi belgilandi.

«Sumalak bazmi»ning qolgan uch nafari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bo‘yicha aybdor deb topilib, oilaviy ahvoli, farzandlari borligi inobatga olinib, BHMning 5 baravari (1 mln 225 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring